Habaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida davolash-ishi, pediatriya-ishi 1, 2, 3, 4, 5- bosqich va xalq tabobati ishi ta’lim yo‘nalishlari 1, 2, 3- bosqich talabalari yozgi malakaviy amaliyotni o’zlarining yashash joylaridagi QVP, QOP, OP hamda shifoxonalarda o’tashmoqda.
Ayni damda, talabalar yozgi amaliyotini Termiz shahrining SSBlariga qarashli davolash profilaktik muassasalarida o’tashmoqda.
Ma’lumot uchun, talabalar o’quv rejada belgilangan tartibda ya’ni:
1-kurs talabalar uchun «Terapevtik bemorlar parvarishi»,
2-kurs talabalari uchun «Xirurguk bemorlar parvarishi»,
3-talabalari uchun «Terapevtik va xirurgik bemorlar parvarishi»,
4-kurs talabalari uchun «Shifokor yordamchisi»,
5-kurs talabalari uchun «Umumiy amaliyot shifokori yordamchisi» yo’nalishlarida o’zlariga biriktirilgan uslubiy rahbarlari nazoratida amaliyot o’tashadi.