You are currently viewing Ta’lim jarayoni doimo nazoratda

Ta’lim jarayoni doimo nazoratda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining «Otorinolaringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya» kafedrasi tibbiy radiologiya fani o‘qituvchisi E.Eshmuradovni 2-son davolash 4-kurs 407-guruh talabalarining hamda onkologiya fanidan assisten A.Amanovni 2-son davolash fakulteti 502- 503-guruhlar talabalarining dars jarayonlari o‘rganildi.

Klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh klinik o‘quv bazalar bo‘limi bosh mutaxassisi Ergasheva Gulshan, tyutor Mallayev Saidmurod Tursunmurodovich kafedradagi amaliy darslar jarayonlarini tekshirishdi.

Tekshiruvda, ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni, davomati hamda meʼyoriy hujjatlar holati o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.