TTA Termiz filialiga Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotidan Giz loyihasining “Termiz shahridagi tibbiy ta’lim va malaka oshirish modernizatsiya qilish” loyihasi rahbari Kord Versmold hamda Germaniya iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish departamentni rejalashtirish bo‘yicha mutaxassisi Johanna Hiekkila tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad, avval xabar berganimizdek, (GIZ) tashkiloti tomonidan Surxondaryo viloyatida Simulyasion markaz qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu Simulyasion markazga kadrlar tayyorlash borasida (GIZ) tashkiloti TTA Termiz filiali bilan hamkorlik qilishni taklif etishgandi. Ushbu hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha filial professor-o‘qituvchilari jdalb etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tashrif buyuruvchilarga filial mas’ullari tomonidan TTA Termiz filiali o‘quv jarayoni, simulyasion xonalari haqida maʼlumot berildi. Laboratoriya xonalaridagi yangi keltirilgan jihozlar bilan tanishtirildi.