Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialiga Rossiya, Qozog‘iston va Belarus davlatlaridan sud-tibbiy ekspertiza va kriminalistika yo‘nalishlari bo‘yicha taniqli olimlar va yetakchi mutaxassislar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlarni filial direktori F. Otamuradov boshchiligida professor -o’qituvchilar samimiy kutib olishdi.
Uchrashuv doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Sud-tibbiy ekspertiza va kriminalistika sohasida xalqaro tajriba almashinuvi
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish
Talaba va o‘qituvchilar uchun amaliyot va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish
Zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or metodikalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish
Ushbu tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va amaliy aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
TDTU Termiz filiali nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlik maydoniga aylanmoqda!