Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalarining hududiy bosqichida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqalar nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki jamoaviylik, iroda va g‘alabaga bo‘lgan intilishni ham namoyon etadi. Filialimiz jamoasi ushbu bellashuvlarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz.
Barcha ishtirokchilarga kuch-g‘ayrat, omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!