Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari uchun poytaxt Toshkent shahriga ichki turizm sayohati tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar tarixiy obidalar, madaniyat maskanlari va zamonaviy arxitektura namunalari bilan tanishib, Vatanimizning boy tarixi va bugungi taraqqiyotini chuqur his etdilar.
Mazkur safar talabalarning bilim doirasini kengaytirish, jamoaviylik va motivatsiyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.