You are currently viewing Termiz shahrida oqila ayollar taqdirlandi!

Termiz shahrida oqila ayollar taqdirlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 437-sonli qarori qabul qilinganligining 2 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida “Baxtli oila – jamiyat tayanchi” mavzusida ma’rifiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda TTA Termiz filiali psixologi G. G‘oziyeva ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan “Oqila ayollar” harakatining eng faol, a’zolaridan 45 nafari Respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.