Termizda “Talaba Expo 2026” — yoshlar salohiyati namoyoni!
Ayni damlarda, Termiz shahrida “Talaba Expo 2026” tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Mazkur yirik ko‘rgazmada Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘zining ilmiy yutuqlari, innovatsion ishlanmalari va talabalarning ijodiy loyihalarini keng jamoatchilikka namoyish qilmoqda.
Tadbir davomida talabalarning zamonaviy tibbiyotga oid qarashlari, amaliy ishlanmalari hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangicha yondashuvlari alohida e’tibor qozonmoqda.
“Talaba Expo 2026” nafaqat bilim va tajriba almashish, balki yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish maydoniga aylangan.
Termiz bugun haqiqiy ilm-fan va yoshlar markaziga aylanib, kelajak egalari o‘z iqtidorlarini namoyon etayotgan maskan sifatida e’tirof etilmoqda.
Termizda “Talaba Expo 2026” — yoshlar salohiyati namoyoni!
- Post author:adm
- Post published:29.04.2026
- Post category:Uncategorized / Yangiliklar / Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar
You Might Also Like
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining bir guruh xodimlari umumxalq referendumi oldidan tashkil etilgan uchastkalarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Angor tumaniga borishdi.