Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli qarori bilan Toshent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tashkil etilgan bo‘lib, filial tashkil etilganda jami 3 ta kafedra faoliyat yuritgan. Shulardan biri 1-Tibbiy biologik kafedrasi bo‘lib, 2022-yil “Tibbiy biologiya va gistologiya ”kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 2-sonli davolash fakultetining tarkibida bo`lgan. Hozirda “Tibbiy biologiya va gistologiya” kafedrasi Xalqaro ta`lim fakulteti tarkibida faoloiyat olib bormoqda.
“Tibbiy biologiya va gistologiya ”kafedrasi 1-о‘quv binosi 1-qavatda joylashgan. Kafedrada o‘quv reja bo‘yicha davolash ishi, pediatriya ishi, stomotologiya, tibbiy profilattika va fundamental tibbiyot, ta’lim yo‘nalishlariga 1-bosqichda tibbiy biologiya, 1-2-bosqichda esa gistologiya fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedrada Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ochilgan “davolash ishi” va “pediatriya ishi” qo‘shma ta’lim dasturi talabalariga Tibbiy biologiya va gistologiya fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab kafedrada Hindiston Respublikasidan kelib tahsil oluvchi xorijiy talabalarga Tibbiy biologiya va gistologiya ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:
1.Sharipova Farida Salimdjanovna-13.00.02 Oliy ta’lim muassasalarida Tibbiy biologiya umumiy genetika fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish
2.Xolbekov Baxtiyor Boymanovich– katta yoshli insonlarda parodontoz kasalligini davolashda funksional ovqatlarning samaradorligini baholash.
Gigiyena-14.00.07
Stomotologiya-14.00.21
3.Nurova Zamira Annakulovna – оценка эффективности вытяжки из калифорнийского червя при нарушениях параметров иммунной системы 14.00.36 – аллергология и иммунология




