Ayni kunlarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari qishki amaliyot mashg‘ulotlarini samarali tarzda o‘tashmoqda. Amaliyot jarayonida talabalar tibbiy muassasalarda o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, kasbiy ko‘nikma va malakalarini mustahkamlamoqdalar.
Qishki amaliyot davomida bo‘lajak shifokorlar bemorlar bilan muloqot qilish, tibbiy hujjatlar yuritish, tashxis qo‘yish va davolash jarayonlarida ishtirok etish orqali haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa ularning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu orqali talabalar o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyatni yanada chuqur his etib, tibbiyot sohasida yetuk kadr bo‘lib shakllanish yo‘lida muhim qadam tashlamoqdalar.