You are currently viewing Til — millat ko‘zgusi!

Til — millat ko‘zgusi!

tillar bayrami

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida ona tilimizga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan filialda “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor- o‘qituvchilari, xodimlari, Termiz davlat universiteti professor o‘qituvchilari hamda filial talab-yoshlari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar ona tilimizning boy tarixi o‘zbek tilining milliy g‘urur, mustaqillik ramzi ekanini alohida ta’kidladi. Tilimizni rivojlantirish, uni sevish va yosh avlodga to‘g‘ri o‘rgatish zarurligi haqida fikr almashishdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan til va Vatan madh etilgan she’rlar o‘qildi. Ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat va mehr bayramona ruhda aks etdi.

Ona tili — yurakda yashaydigan, millatni birlashtiradigan eng muqaddas qadriyatdir!