Bugun, 14-oktabr kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni markazi — Urumchi shahrida «Xitoy – Markaziy Osiyo» an’anaviy tibbiyot forumi o‘z ishini boshladi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Markaziy Osiyoning besh davlati sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari, tibbiyot sohasining yetuk mutaxassislari hamda ilmiy doira vakillari qatnashmoqda.
Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham faol ishtirok etmoqda.