You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari jarayonlari o‘rganildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari jarayonlari o‘rganildi.

o'rganish

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida direktor dastlab viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida faoliyat olib borayotgan «Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va umumiy pediatriya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida amaliy darslarni tashkil etish, talabalarning klinik ko‘nikmalarini shakllantirish, zamonaviy tibbiy protokollar asosida ta’lim berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, amaliyot jarayonlarida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarning bemorlar bilan ishlash madaniyati, tashxis qo‘yish va davolashda klinik fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida direktor F.Otamuradov tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini kuchaytirish hamda professor-o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu tadbirlar kelgusida malakali, raqobatbardosh pediatr kadrlarini tayyorlashga xizmat qiladi.