You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari rektorlari rayosatida ishtirok etdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari rektorlari rayosatida ishtirok etdi.

direktor

2025-yil 5-sentabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari rayosatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarining amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish, klinik bazalarda ta’lim sifatini oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilishda tibbiyot oliygohlari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.