You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali o‘qituvchisi va magistranti  Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali o‘qituvchisi va magistranti Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida

rassiya

Filialning Neyroxirurgiya yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Boboyorov Sardor Uchqun o‘g‘li hamda Travmatologiya, neyroxirurgiya, HDJ, tez tibbiy yordam va anesteziologiya kafedrasi assistenti Razzoqov Dilmurod Tog‘aymurodovich hozirda Rossiya Federatsiyasining shahrida joylashgan Neyroxirurgiya federal markazida 2 haftalik o‘quv-amaliyot dasturida ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv-amaliyot Endovaskulyar neyroxirurgiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, ishtirokchilar zamonaviy neyroxirurgik texnologiyalar, jarrohlik amaliyotlarining ilg‘or usullari va yuqori texnologik muolajalar jarayonlarini bevosita kuzatish va o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ushbu xalqaro stajirovkada yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, neyroxirurgiya sohasidagi eng yangi tendensiyalarni o‘rganish, hamkor ilmiy markazlar bilan tajriba almashinuvi, zamonaviy tibbiy yondashuvlarni mahalliy amaliyotga tatbiq etish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.