You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professori Xitoyda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professori Xitoyda

Xitoy

Xitoyning Shinjon mintaqasida o‘tkazilgan “Shinjon – Markaziy Osiyo: Kasalliklar va sog‘liqni saqlash bo‘yicha akademik konferensiya”da Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professori X.Pasulova ham ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli ilmiy anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Xitoyning yetakchi olimlari tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohalaridagi dolzarb muammolar, innovatsion yondashuvlar va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Filial professori X.Pasulova konferensiyada o‘zining ilmiy ma’ruzasi bilan qatnashib, xalqaro ilmiy doiralar e’tiborini qozondi va Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining xalqaro ilmiy maydondagi o‘rnini yanada mustahkamladi.

Bu kabi konferensiyalar yosh tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilarimiz uchun katta tajriba va yangi hamkorliklar sari yo‘l ochadi.