Joriy yilning 29-sentyabrdan 4-oktyabrga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining 6 nafar iqtidorli talabalari Moskva shahrining top 500 talikka kirgan RUDN universitetida akademik mobillik doirasida «Амбулаторная неврология. Сомнология» mavzusida amaliy o’quv kursida ishtirok etishdi.
Ushbu amaliy o’quv kurslari yuqori malakali professor-o’qituvchilar tomonidan olib borildi.
Filial tomonidan o’quv va amaliy kursda qatnashayotgan talabalarga mas’ul yetakchi ilmiy rahbar sifatida «Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya» kafedrasi assistenti K.Sharofiddinov ishtirok etdi.
O’quv va amaliy kurs jarayonida oliygohlararo hamkorlik aloqalari kelishib olindi.