You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari Talaba Yugur Marafonida!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari Talaba Yugur Marafonida!

Talaba yugur

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining faol va maqsadli talabalari katta qiziqish bilan Termiz shahri bo‘ylab o‘tkazilgan «Talaba yugur» marafonida ishtirok etdilar.

Sportga bo‘lgan muhabbat, sog‘lom turmush tarzi va do‘stona raqobat ruhida o‘tkazilgan ushbu tadbir talabalarimiz uchun yangi quvvat va ilhom manbai bo‘ldi.

Marafon nafaqat jismoniy chidamlilik va kuchni sinovdan o‘tkazish, balki do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Filialimiz yoshlarining bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etishi ularning nafaqat ilmiy, balki jismoniy va ma’naviy tarbiyasiga katta hissa qo‘shadi.