You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari teatr tomoshasida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari teatr tomoshasida

Teatr

«Xazon bo‘lgan umrlar» – ogohlikka undovchi sahna asari!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining birinchi kurs talabalari uchun Surxondaryo viloyat musiqali drama  teatri sahnasida «Xazon bo‘lgan umrlar» nomli spektakl namoyish etildi. 

Spektakl orqali yoshlar qalbiga muhim bir haqiqat yetkazildi:

Yot g‘oyalar va noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolish — hayotning xazon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Spektaklda insoniylik, or-nomus, oilaviy qadriyatlar va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlash kabi dolzarb masalalar ochib berildi.

Talabalar bunday sahna asaridan chuqur ta’sirlanib, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ko‘proq tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladilar.

Yoshlarimizni har qanday zararli g‘oyalardan asrash – barchamizning vazifamiz!