Kuni kecha Toshkent shahridagi nufuzli universitetlardan biri Central Asia universityda 2025-yilgi Xalqaro stomatologiya olimpiadasi hamda KEM konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan bir qatorda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali otorinorolingologiya kafedrasi o‘qituvchisi Omonov Nodir Xolliyevich rahbarligida filialning bir guruh iqtidorli talabalari ham ishtirok etishdi.
Bundan tashqari filial talabalari KEM konferensiyasi doirasida stomatologiyaning biznes jihatlariga — bemorlar bilan ishlash, xizmat ko‘rsatish sifati, boshqaruv, marketing va jamoalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik jonli munozaralarda faol qatnashishdi.
Tadbir davomida ko‘plab g‘oyalar ilgari surildi, samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar uchun chinakam ilhom manbai yaratildi.