You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 1-Dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 1-Dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

oits

Bugun filialda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida VICH/OITS bo‘yicha xabardorlikni oshirish va profilaktik tadbirlarni mustahkamlash maqsadida maxsus uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni filial direktori F. Otamuradov ochib berdi. U o‘z nutqida bu kabi tadbirlarning ahamiyati, ayniqsa, tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan yoshlar uchun juda muhim ekanligini ta’kidladi. VICH infeksiyasining oldini olishda ongli yondashuv, to‘g‘ri ma’lumot va javobgarlik hissi katta o‘rin tutishi qayd etildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan VICH/OITSning yuzaga kelish sabablari, yuqish yo‘llari, profilaktika choralari va dunyo tajribasidagi samarali usullar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr almashish jarayoni faol va samarali kechdi.

Tadbir doirasida axborot-bukletlar tarqatilib, sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini targ‘ib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali bunday ma’rifiy uchrashuvlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirish, yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lida izchil ish olib borishni maqsad qiladi.