Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida «Bagʻrikenglik kuni» munosabati bilan haftalik doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida millatlar va madaniyatlar xilma-xilligini qadrlash, o‘zaro hurmat, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilishda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida bag‘rikenglikning jamiyat hayotidagi ahamiyati, turli madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot va birdamlikni kuchaytirish masalalari batafsil yoritib berildi.