Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish hamda yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Termiz shahar IIB xodimlar M.O.Qamariddinov A.Xaydarov . M.Normengliyev, filial professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida global xavfsizlik, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, radikal g‘oyalarga qarshi kurashishning zamonaviy usullari haqida fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari ekstremistik oqimlarga qarshi kurashda yoshlarning faolligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarzi va ijobiy maqsadlarga yo‘naltirish muhimligini ta’kidladilar.