You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Harbiy tibbiyot — kasb, burch va sharaf” mavzusida talabalar bilan targ‘ibot-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Harbiy tibbiyot — kasb, burch va sharaf” mavzusida talabalar bilan targ‘ibot-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

harbıy

Harbiy tibbiyot mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti tinglovchisi, tibbiy xizmat mayori Bekkamov Elmurod Shuxratovich tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari o‘rtasida targ‘ibot-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida Harbiy tibbiyot institutining o‘quv-ilmiy salohiyati, zamonaviy moddiy-texnika bazasi, harbiy tibbiyot sohasidagi tayyorgarlik yo‘nalishlari hamda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar keng va atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, harbiy shifokorlik kasbining o‘ziga xos jihatlari, uning jamiyat va mamlakat mudofaa tizimida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi, yoshlarni harbiy tibbiyot sohasiga qiziqtirish va ularning kasbiy yo‘nalishini belgilashda amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv o‘zaro muloqot va tajriba almashish ruhida o‘tib, talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.