Yig’ilish avvalida filial direktori yaqinlashib kelayotgan “Tibbiyot xodimlari” kuni bilan yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilar yutuqqa erishgan xodimlar filial direktori tomonidan e’tirof etildi.
Yig’ilishda quyidagi masalalar chuqur muhokama qilindi:
Qabul hay’atining 2025-2026-o‘quv yiliga talabalar qabuli natijalari bo‘yicha hisoboti;
1-son Davolash fakulteti dekani hisoboti;
Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash;
Dissertatsiya, monografiya va o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash;
Filial direktori F.Otamuradov o‘z nutqida ilmiy salohiyatni oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy tibbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.