You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Oilaviy shifokorlik”  malakasini  oshirish bo‘yicha gibrid kursi tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Oilaviy shifokorlik” malakasini oshirish bo‘yicha gibrid kursi tashkil etildi

Oilaviy shifokorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar bo‘yicha Farmonlari va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali tomonidan “Oilaviy shifokorlik” malakasini oshirish bo‘yicha gibrid kurs tashkil etildi.

Kurs Denov tumanida faoliyat yuritayotgan oila shifokorlarini o‘qitish uchun maxsus ishlab chiqilgan “Oila salomatligi bo‘yicha o‘quv dasturi” asosida o’tkazilmoqda.

Tajriba-sinov loyihasi sifatida 2025-yil 12-sentabrdan 29-sentabrgacha o‘tkaziladigan o‘quv kursi o‘quvchilarga oflayn tarzda taqdim etilmoqda.

Bu kurs sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va oila salomatligini yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbuslarning muhim qismidir.