Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarlarda OTMlar axborot xizmati hamda raqamli texnologiya xodimlari o‘z malakasini oshirmoqda. Ushbu o‘qish jarayonida TTA Termiz filiali raqamli texnologiyalar bo‘limi xodimi D. Ibragimova ham ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar malakali va tajribali ustozlar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, «Axborot xizmatlari faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy aql» mavzusidagi treninglar katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ma’lumot o‘rnida kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. O‘quv jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ham keng yoritib borilmoqda.
Maroqli daqiqalar, foydali bilimlar va yangi tajribalar — barchasi malaka oshirish kurslarida!