Assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ochib berdi.
Unda TTA Termiz filialining Yoshlar Akademiyasi lideri Choriyev Firdavs ham ishtirok etdi
Anjumanda respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasalarining liderlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, ko‘rsatgan natijalari haqida ma’lumot berishdi.
Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, faoliyatini yaqinda boshlagan Yoshlar akademiyasi liderlariga ham “Yoshlar akademiyasi guvohnomasi” hamda belgisi topshirildi.