Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Bu borada mahallalar va harbiy qismlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini sadoat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.
Ana shu maqsadga qaratilgan navbatdagi tadbir Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 11506-harbiy qismda oʻtkazildi. Bu yerda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida tahsil olayotgan 100 nafardan ortiq yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.