You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali diqqatiga!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali diqqatiga!

   “S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston Milliy Tibbiyot Universiteti” sizni 2023-yil 21-aprel kuni Olmaota shahrida boʻlib oʻtadigan asosiy tibbiyot fanlari boʻyicha 1-3-kurs talabalari oʻrtasida har yili boʻlib oʻtadigan Xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etishga taklif etadi.

   Olimpiada uch tilda: qozoq, rus, ingliz tillarida o‘tkaziladi.

   Olimpiada formati: (on-line/off-line)
   Olimpiada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Anatomiya
2. Biologik kimyo
3. Gistologiya
4. Immunologiya
5. Tibbiyotda IT
6. Tibbiy genetika
7. Mikrobiologiya va virusologiya
8. Fan, talabalar, ta’lim
9. Patologik fiziologiya
10. Farmakologiya
11. Fiziologiya

Olimpiadada ishtirok etish uchun ariza 2023-yil 10-aprelgacha yuboriladi.