You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov tomonidan ma’muriyat hamda dekanat xodimlari bilan «Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish» mavzusida suhbat o’tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov tomonidan ma’muriyat hamda dekanat xodimlari bilan «Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish» mavzusida suhbat o’tkazildi.

     Yig‘ilishda filial korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Abdullayev so’zga chiqdi va o’z so’zida, oxirgi kunlarda Respulikamiz bo‘ylab sodir etilgan «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgizib qo‘yish va o’qishni ko’chirish» bilan bog’liq jinoyatlar hamda «Qabul jarayonlarida korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik» kabi masalalar haqida gapirib o’tdilar.

    Filial direktori bu kabi jinoyatlar bizning filialimizda sodir etilishini oldini olish maqsadida barcha rahbar xodimlarga qo‘l ostidagi xodimlari bilan tushuntirish ishlarini olib borishliklari lozimligini aytib o’tdilar.

    Shuningdek, qabul jarayonida abiturientlar va ularning ota-onalarini savollariga o‘z vaqtida javob berilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.