Seminar davomida talabalar uchun ushbu kasallikning yuqish yo’llari, rivojlanish bosqichlari, davo usullari haqida tushunchalar berildi.
Ma’lumki, zararlanish chastotasiga ko’ra o’pka exinokokkozi jigar exinokokkozidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Davolash muolajalarida ham o‘ziga xos yondashuv talab etiladi.
Shunga ko’ra filial direktori talabalarning seminardan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida «O’ng o’pka gigant exinokokkozi» tashxisi bilan tushgan bemor operatsiyasini bevosita amaliyot bilan bog’ladi.