Bugun 8-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Hindiston Respublikasining nufuzli “AXIS INSTITUTES” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilovchi memorandum imzolandi.
Uchrashuv davomida filial direktori Furqat Otamuradov hamda hindistonlik mehmonlar Poonam Singh va Hussain Waqar o‘rtasida xorijlik abituriyentlarni TTA Termiz filialida o’qishga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida kuzgi semestrda 100 nafar talaba jalb qilinishiga kelishib olindi.