Habaringiz bor Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hududida Simulyatsiya markazi qurilishi rejalashtirilgan
Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga “Geotar-media nashriyot guruhi” markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqaviy direktori R.Khaskhanov tashrif buyurdi hamda filial direktori F.Otamuradov tomonidan Simulyatsiya markazi uchun mo’ljallangan simulyatorlar, mulyajlar, hamda manekenlar bilan tanishtirildi.
Ushbu Simulyatsiya markazi binosi 4 qavatdan iborat bo’lib, kelgusida unda filial talabalari hamda tibbiyot kolleji va texnikumlar talabalari uchun amaliy ko’nikmalarni oshirishlari va mashg’ulotlar o’tkazilishi mumkin bo’ladi. Shuningdek, xirurgiya, ginekologiya, reanimatsiya, terapiya, bolalar xirurgiyasi, bolalar reanimatsiyasi, operatsion blok, favqulotda vaziyatlar xonasi, stomatologiya va xamshiralik ishi amaliyot xonalari, anatomik mulyajlar xonalari hamda 50 kishiga mo’ljallangan konferens zali ham rejaga kiritilgan.
Ma’lumot o’rnida Simulyatsiya markazi uchun quyidagi jihozlar harid qilindi:
- Laparoskopik trenajorlar
- Turli xil fantomlar
- Yangi tug’ilgan сhaqaloq manekenlari
- Virtual bemor 3D simulyatori
- Turli xil mulyajlar
- Tikish uchun mo’ljallangan to’qimalar to’plami
Simulyatsiya markazining tashqi ko’rinishi zamonaviy “Modern” uslubda bo’lishi ko’zda tutilgan va ichki ko’rinishi haqiqiy kasalxonalardek tayyorlanishi rejalashtirilgan. Bu esa talabalarga 100 foiz reallik muhitiga tushishga yordam beradi.