You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari texnikumlarda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari texnikumlarda

000

  Sherobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumiga TTA Termiz filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rasulova X.A., Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri Muzaffarova N.Sh., Otorinolatingologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi assistenti Jo‘rayeva Gulbahor, hamda Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya kafedrasi assistenti Ro‘ziqulov Azamatlar tashrif buyurishdi.

000

   Tashrif davomida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, hamshiralik jarayoninining 3 ta bosqichini qanday olib borish to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazildi.
    Texnikumda mavjud me’oriy hujjatlar, o‘quv rejalar, majmualar tekshirildi. Filial professor- o‘qituvchilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi hamda tibbiyot darsliklariga oid metodik ishlanmalar taqdim etildi.