You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Talabalar teatr studiyasi» ilk bora katta sahnada.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Talabalar teatr studiyasi» ilk bora katta sahnada.

   Teatr jamiyat hayotida, tomoshabinlarning ayniqsa yoshlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tarixida ilk marotaba talabalar Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyi katta sahnasida, professional darajada o’z aktyorlik mahoratlarini nomoyon etishdi.

   Bugun, filial  iqtidorli talabalaridan  iborat «Talabalar teatr studiyasi» tomonidan sahnalashtirilgan «Zaharli tomchilar» nomli tragediya janridagi spektaklini professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar maroq bilan tomosha qilishdi.

    Unda tomoshabinlar yoshlarni hayotda o’z o’rnini topolmay, yomon yo’lga kirishning oqibatlari aktyorlar tomonidan mohirona ijro etilganligi guvohi bo‘lishdi.

    Teatr har qanday davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda uning alohida o’rni bor. Iqtitorli aktyorlar tomonidan namoyish etilgan mazkur spektakl ham talabalarning vaqtini mazmunli o’tkazish, ma’naviy olamini yanada boyitishga xizmat qildi.

      Inson maʼnaviy olamini yuksaltirish, ong va tafakkurini boyitishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. 

     Talaba – yoshlarning teatrga tashrif buyurishi, ertamiz egalari teatr, muzeylarning eng qutlug‘ dargoh, haqiqiy hayot maktabi ekanini his qilib ulg‘ayishlari bilan ahamiyatlidir.

     Yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini   teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyos. 

   Zero, san’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni in’om etadi.