Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining 10 foizini pankreatit – oshqozon osti bezining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi tashkil etadi. Bundan tashqari, so‘nggi 30 yil ichida ushbu kasallikning surunkali shakli bilan kasallanganlar soni ikki baravarga oshdi. Pankreatit holatlarining yarmidan ko‘pi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tufayli rivojlanganiga qaramay, hatto hech qachon sutli mahsulotlardan kuchli narsa ichmaydiganlar va sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilishga harakat qilayotganlar ham statistikadan joy olgan.
Turkiyaning Ege universiteti dotsenti, jarroh (jigar bo‘yicha transplantolog) Alper Uguz tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari uchun «Pankreatit» mavzusidagi ma’ruzada Pankreatit kasalligi, uni samarali davolash, profilaktikasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
SHu jumladan, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, turlari haqida ham tushunchalar berildi.
Mashg’ulot so‘nggida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.