Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tibbiy va biologik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan «Kimyo va biokimyoning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Xitoy, Belorussiya, Tojikiston, Afg‘oniston kabi davlatlardan soha mutaxassislari, yetakchi olimlar ishtirok etdi.
Anjumanda “Ayrim sharbatli alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi makro va mikroelementlar miqdori”, “Xitoy tibbiyotining keng tarqalgan doza shakllarini joriy etish, suyak va qo’shma kasalliklarda kremni qo’llash”,“Glutamin kislotaning ba’zi 3d-metallari bilan hosil qilgan kompleks birikmalari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.
Anjuman so‘ngida ishtirokchilar vohaning tarixiy obidalariga sayohat qilishdi.