You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tibbiyot fanlari doktori hamda talabasi Italiyaning Talyakotsa shahrida

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tibbiyot fanlari doktori hamda talabasi Italiyaning Talyakotsa shahrida

Italiyaning Talyakotso shahrida bo’lib o’tgan «Farmako-rezistent epilepsiyalar» mavzusidagi Xalqaro kursda TTA Termiz filiali t.f.d., dotsent X.A. Rasulova «Tserebellyar medulloblastomada struktur epilepsiya» va shogirdi, 5 kurs talabasi Sabina Kurbonova «Epilepsiyasi bor bemorda psixik o’zgarishlar va dementsiya» mavzusida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi Sabina Kurbonova ushbu kursda ishtirok etish uchun Xalqaro epilepsiyaga qarshi kurashish tashkiloti tomonidan grant olishga muvaffaq bo’ldi.

Filial talabasi Sabina Kurbonovaning bundan keyingi o’qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.