Yig‘ilishni ishlar boshqarmasi boshlig‘i U.Xalilov ochib berdi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 21 avgustdagi 20477-sonli «2023-2024 o‘quv yiliga tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ularning talabalar turar joylarini kuz-qishki mavsumga tayyorgarligi yuzasidan» topshiriq xatiga asosan filialning texnik xodimlariga tushuntirish berdi.
Shundan so’ng, Yong‘in xavfsizligi instruktori T.Qobulov so‘zga chiqib, filial muhandisi va xo‘jalik ishlari mudirlariga favqulotda vaziyatlarni oldini olish haqida tushuntirish berdi va yig’ilish so’ngida, mas’ul xodimlarga yangi o‘quv yilida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.