You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Kar’era kuni”

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Kar’era kuni”

karere kuni

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Kar’era kuni” munosabati bilan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan uchrashuv o‘tkazildi.
“Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l ” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlikning viloyat filiali mas’ul xodimlari davlat fuqarolik xizmati mazmun-mohiyati, vakant lavozimlarga o‘tkaziladigan adolatli va shaffof ochiq tanlovlar tartibi, haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Shundan so‘ng filial bitiruvchilari ish beruvchi tibbiyot birlashmalari ishtirokida mehnat yarmarkazi tashkil etildi.
“Kar’era kuni” tadbiri orqali bitiruvchilar ish beruvchi tibbiyot birlashmalardagi mavjud vakant o‘rinlar, u yerdagi mehnat va maishiy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi.