You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida navbatdagi ilmiy kengash bo’lib o’tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida navbatdagi ilmiy kengash bo’lib o’tdi.

   Yig’ilishni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F. Otamuradov ochib berdi va kengash kotibi kun tartibidagi masalalarni o’qib eshtirdi:

      Filial kafedralarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etilishi holati;
      Bitiruvchilarni ishga taqsimoti natijalari, ulami monitoring
     Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash; Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga
saylash hamda turli masalalar o‘rin oldi. 

Shuningdek, kengash so’ngida bir qator professor-o’qituvchilar taqdirlandi, ulardan:

   O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash a’lochisi nishoni bilan – «Otorinoloringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya» kafedrasi mudiri M.Y. Jumayev taqdirlandi.
  «Oliy ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan – «Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment» kafedrasi mudiri Sh.M. Rasulov taqdirlandi.

    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlashga qo’shgan xissasi uchun 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan T.R.Abdurasulova O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining «TASHAKKURNOMA» si bilan taqdirlandi.

    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlashga qo’shgan xissasi uchun 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Z.J. Almardonova O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining «TASHAKKURNOMA» si bilan taqdirlandi.