Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Termiz filiali Xotin-qizlar kengashi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti a’zosi Talaba qizlar koordinatori, Qizlarjon klubi raisi M.Aminova hamkorligida tashkil etilayotgan “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina bo’lib o’tdi.
Viktorinani oʻtkazib berish uchun Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi boʻlimi boshligʻi Q.Ulugʻov tashrif buyurdi hamda tadbirda Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi A.Yuldoshov ishtirok etdi.
Eslatib o’tamiz ushbu ko’rik-tanlov joriy yilning dekabr oyigacha davom etadi!