Suhbat jarayonlari 2-smenada olib borilib, abituriyentlar belgilangan grafikka ko‘ra, yakka tartibda baholash mezoniga asosan qabul komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tishmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (davolash ishi, pediatriya ishi va xalq tabobati) bo‘yicha jami 199 nafar nomzod hujjat topshirgan. Suhbat jarayonlarini adolatli va shaffof o’tishida filialning malakali mutaxassislari tomonidan baholab borilmoqda.
Bitiruvchilarning ota-onalari katta monitor orqali farzandining suhbat jarayonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borishmoqda.