You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida xorijiy talabalar uchun “REEDBOOK” nomli kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida xorijiy talabalar uchun “REEDBOOK” nomli kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot

TTA Termiz filial Termiz filiali axborot resurs markazi xodimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda filial professor-o‘qituvchilari, xorijiy mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Taqdimotda patologik anatomiya sud tibbiyoti tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri Shoira Utkirovna Babadjanovaning “Pathological anatomy”, o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Ra’no Omonovna Ermatovaning “The study guide latin medical terminology for foreung students”, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Farida Salimjanovna Sharipovaning “Medical biology general genetics” nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida, axborot resurs markazi xoldimlari tomonidan kitobxonlikda faol bo‘lgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.