Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xorijiy talabalarni o‘qishga jalb etish bo‘yicha muhim xalqaro hamkorlik kelishuvini imzoladi.
Navbatdagi kelishuv Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich hamda Hindiston mamlakatining PBS Medical Academy kompaniyasi direktori Mr Peeyoosh Bharat Saini o‘rtasida amalga oshirildi.
Ushbu memorandum orqali filial xalqaro ta’lim maydonida o‘z mavqeini mustahkamlashni, shuningdek, chet ellik yoshlar uchun yuqori sifatli tibbiy ta’lim imkoniyatlarini taqdim etishni maqsad qilgan.
Filial rahbariyati tomonidan olib borilayotgan bu kabi kelishuvlar doirasida bir nechta davlatlardagi ta’lim agentliklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu esa filialning xorijiy davlatlarda ham mehnat yarmarkasini tashkil etishga ko‘maklashmoqda.