You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y.Abduraxmonov tashrif buyurdilar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y.Abduraxmonov tashrif buyurdilar

    Tashrif davomida, filialda 2023/2024 o’quv yili uchun kirish test sinovlarini o’tkazishga tayyorgarlik ishlarining holati shunigdek, test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan filialning 270 o’rinli sport zali (7-bino) ning tayyorlik holati, abiturientlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi.

     Shuningdek vazir, muqobil energetikani joriy etish maqsadida filialga tegishli binolariga o’rnatilgan jami 240.0 kVt quvvatdagi tarmoq quyosh fotoelektr stansiyasi bilan tanishdilar.

   Tashrif so’ngida, vazir Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida davlat-xususiy sheriklik asosida 2023 yilda 400 o‘rinli talabalar turar joyi va filial hududida 1500 o‘rinli o‘quv binosi qurilish holatini ko’zdan kechirib, Filial direktori hamda qurilish soxasi mas’ullariga yangi o’quv binosi va talabalar turar joyi qurilishi bo’yicha topshiriqlar berdilar.