You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun 2023-2024 o’quv yilining birinchi haftasida tanishtiruv darslari olib borilmoqda…

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun 2023-2024 o’quv yilining birinchi haftasida tanishtiruv darslari olib borilmoqda…

    O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Bozorova talabalarga kredit-modul tizimiga kirish to’g’risida tushuntirish olib bordi. Unda talabalar kredit-modul o’qitish tizimi haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’lishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

     Shundan so’ng filial psixologi G.Goziyeva talabalar bilan yaqindan tanishdi va ularga psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati hamda psixologik xizmat turlari haqida toʻliq maʼlumotlar berib o’tdi.

     Shuningdek, filialning Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari so’zga chiqib, talaba-yoshlarning o’quv jarayoniga moslashishiga ko’mak berish, talabalarni Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirishdi.