You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Shenandoah universitetining ikki nafar professorlari tashrif buyurishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Shenandoah universitetining ikki nafar professorlari tashrif buyurishdi.

    Xabaringiz bor, O’zbekiston-AQSH forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda Shenandoah universiteti vakillari o’rtasida akademik mobillik doirasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha kelishib olingandi.

     Shu munosabat bilan, Shenandoah universitetining prorektori prof. Karen Abraham Elizabeth va «Ergoterapiya» kafedrasi mudiri Cathy Felmlee Shanholtzlar filialga tashrif buyurishdi hamda filial talabalariga Shenandoah universiteti faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi, shuningdek, Ergoterapiya yo’nalishi bo’yicha seminar-trening o’tkazildi  .

     Ergoterapiya – bu psixologiya, biomexanika, jismoniy terapiya va pedagogika bilimlarini birlashtirgan fanlararo soha. Ergoterapiyaning asosiy maqsadlari kundalik hayot uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni tiklash yoki takomillashtirish, bemorning ma’lum bandlik – kundalik faoliyat, mehnat, samarali faoliyat va dam olish orqali rivojlanishi va o’zini o’zi anglashi uchun sharoit yaratishdir.   

      Seminar-trening ingliz tilida olib borildi va unda filialning ingliz tiliga ixtisoslashgan guruh talabalari faol ishtirok etishdi va o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ushbu seminar-trening filial talabalarida hamda Shenandoah universiteti vakillarida katta taassurot qoldirdi.