Tashrif davomida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari A.Yangiyev filialning “Qalqon” jamoatchilik guruhi bilan uchrashdi va unda filialning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor o’rinbosari A.Rahmonov, bo’lim boshlig’i A.Yuldashov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, aʼzolarining vazifalari va majburiyatlari tushuntirilib, talabalar xavfsizligini taʻminlash hamda ular oʻrtasidagi huqubuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tashrif so’ngida A.Yangiyev filialning axborot resurs markazi, sport zali va talabalar turar joyi bilan tanishdi hamda talabalar turar joyida yashaydigan talabalar bilan suhbatlashdi.